Germaniyaning BMW ishlab chiqaruvchisi koronavirus tarqalishi davrida Yevropadagi zavodlarni vaqtincha yopadi. Bu haqda chorshanba kuni kompaniya boshqaruvi rahbari Oliver Zips ma’lum qildi.

bmw yangi
Foto: BMW

“Bugungi kundan boshlab biz Evropa zavodlarimizda ishlashni to’xtatmoqdamiz”, deya uning so’zlaridan iqtibos keltiradi “DPA“.

Tadbirlar 19 aprelga qadar davom etadi, deyiladi xabarda.

JSST ma’lumotlariga ko’ra, 18 mart kuni ertalab 154 mamlakatda COVID-19 aniqlangan. Dunyoda koronavirus holatlarining umumiy soni 197 139 tani tashkil etdi, 7916 o’lim, 81 738 kishi davolandi. Ta’kidlanishicha, o’tgan kun davomida virus sakkizta yangi mamlakatda aniqlangan.