Chorshanba kuni Qirg’iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov odamlarni vahima qo’zg’amaslikka va koronavirus bilan bog’liq vaziyat fonida tartibni saqlashga chaqirdi.

qirg'iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov
Foto: Sputnik

Bugun Qirg’izistonda koronavirusning birinchi holati e’lon qilinganligi haqida xabar berilgan edi. Infeksiya mamlakatning Jalolobod viloyati, Suzak tumanida yashovchi uch kishida tasdiqlangan.

“Men barchangizni tartibni qat’iy bajarishga chaqiraman. Endi har bir fuqaro, har bir ota-ona butun jamiyat salomatligi uchun javobgardir”, dedi prezident.

Unga ko’ra, respublikada aholini tashvishga soladigan hech qanday sabab yo’q. “Sizni vahima qo’zg’amaslikka, barcha choralarni ko’rishga chaqiraman. Mamlakatda oziq-ovqat ham dori-darmonlar ham yetarli”, – qo’shimcha qildi Jeenbekov.

“Biz oziq-ovqat va dori-darmon narxlarining asossiz ko’tarilishiga yo’l qo’ymaymiz. Barcha aybdorlar javobgarlikka tortiladi”, – deya va’da berdi Qirg’iziston rahbari.

JSST ma’lumotlariga ko’ra, 18 mart kuni ertalab 154 mamlakatda COVID-19 aniqlangan. Dunyoda koronavirus holatlarining umumiy soni 197 139 tani tashkil etdi, 7916 o’lim, 81 738 kishi davolandi. Ta’kidlanishicha, o’tgan kun davomida virus sakkizta yangi mamlakatda aniqlangan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so’raymiz.