Joriy yilning 5 fevral’ kuni Termiz arxeologiya muzeyi xodimlari tomonidan tadqiq qilina boshlangan Termiz tumanidagi Zo‘rmola yodgorligi yaqinida joylashgan, Kushon podsholigi davriga oid oziq-ovqat saqlanadigan omborxona keng jamoatchilik e’tiborini o‘ziga qaratmoqda. Bu borada qizg‘in amaliy ishlar olib borilmoqda, xususan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov mazkur ob’ektga tashrif buyurdi va ishchi guruhga o‘zining tavsiyalarini berdi. U yodgorlikni turizm sayohat yo‘nalishiga qo‘shish taklifini kiritdi.

Foto: Madaniyat vazirligi
Foto: Madaniyat vazirligi
Foto: Madaniyat vazirligi