Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyati DSB boshliqlari tayinlandi, deb xabar bermoqda qo’mitaning axborot xizmati.

Foto: Google

Bunga ko’ra:

Nasimdjanov Yunusjon Zoxidovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishiga asosan Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Yunusjon Nasimjonov 1967 yil Toshkent shahrida tavallud topgan.

U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Nisbatxonov Shukurulloxon Xolmatxonovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishiga asosan Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shukurulloxon Nisbatxonov 1969 yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.

Sh.Nisbatxonov yangi lavozimiga tayinlangunga qadar Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Raimov Ravshan Isakdjanovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishiga asosan Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ravshan Raimov 1976 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining yangi tayinlangan boshlig‘i bundan avval Toshkent shahar Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.