Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibini nazarda tutuvchi modda bilan to‘ldirildi.

Foto: Sputnik

Unga ko‘ra, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

Soddalashtirilgan tartib quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:

  • ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda;
  • jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
  • xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.