Germaniyada koronavirus tufayli “Matritsa 4” filmining suratga olish jarayoni to’xtatildi, ba’zi sahnalari Berlinda suratga olinishi kerak edi, deb xabar beradi “Daily Mail”.

Foto: “Matritsa” filmdan lavha

Manbaning ta’kidlashicha, Warner Bros Pictures vaziyat tiklanmaguncha muddatsiz ishlashni to’xtatdi. Bundan tashqari, jamoada hech kimga kasallik yuqmagan.

Ma’lumot uchun, rejissyorlar filmning bir qismini Chikagoda ham suratga olishni rejalashtirishgan.

Film premyerasi 2021 yilga mo’ljallangan, deyiladi xabarda.