Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallangan uch kishi aniqlandi, dedi Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayev. Bu haqida “Sputnik” yozmoqda.

Foto: AFP 2019 / STR

Uning so’zlariga ko’ra, uchalasi ham Jalolobod viloyatining Suzak viloyati aholisidir. Avvalroq ular Saudiya Arabistoniga Umra ziyorati uchun borib qaytishgan. Hozir ular O’shdagi kasalxonalardan birida, deyiladi xabarda.

Avvalroq, rasmiylar mamlakatda ushbu virusli infektsiya holatlari uchramaganligi haqida xabar berishgan.

JSST ma’lumotlariga ko’ra, 18 mart kuni ertalab 154 mamlakatda COVID-19 aniqlangan. Dunyoda koronavirus holatlarining umumiy soni 197 139 ni tashkil etdi, 7916 o’lim, 81 738 kishi davolandi. Ta’kidlanishicha, o’tgan kun davomida virus sakkizta yangi mamlakatda aniqlangan.