89 yoshli bemor vafot etdi, deb xabar berdi mamlakat Sog’liqni saqlash vazirligi rahbari. Bu haqida “AA” yozmoqda.

Foto: AP Photo / Huseyin Avci

Turkiyada yangi koronavirus bilan og’rigan bemorda birinchi o’lim holati qayd etildi, dedi mamlakat Sog’liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja.

Uning so’zlariga ko’ra, marhum bemor 89 yoshda edi. “Uni Xitoyga safardan qaytgan xodimi yuqtirgan”, – deya tushuntirdi Koja.

Bo’lim boshlig’ining ta’kidlashicha, mamlakatda ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 98 kishini tashkil etadi.

Vazir Covid – 19 profilaktika choralariga qat’iy rioya qilish muhimligini ta’kidladi.