Foto: Championat.asia

Fransiyalik forvard “Osasuna”ga (4:1) qarshi uchrashuvda Lukas Vaskesning goliga asistentlik qildi. Bu hujumchi uchun “qirollik klubi” libosida amalga oshirilgan 132-samarali uzatmaga aylandi. Shu tariqa, Benzema 131 ta golli uzatma bilan klub tarixida eng yaxshi ko’rsatkichni qayd etib turgan Krishtianu Ronaldudan o’zib ketdi va jamoa rekordini o’rnatdi.