Seshanba kuni Apple yangi turdagi koronavirusning tarqalishi sababli AQShdagi barcha chakana savdo do’konlari vaqtincha yopilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi .

Foto: AP / Ng Han Guan

“Bloomberg” ma’lumotlariga ko’ra , AQShda qariyb 270 do’kon mavjud.

Avvalroq, Apple rahbari Tim Kuk koronavirus tarqalishining oldini olish chorasi sifatida, Xitoydan tashqarida joylashgan xorijiy do’konlar ikki hafta davomida yopilishini e’lon qilgan edi.

Eslatib o’tamiz, ayni vaqtda dunyo bo’ylab koronavirus bilan kasallanish holatlari soni 181,067 kishida qayd etilgan. Ulardan 4,02% – 7275 kishi vafot etgan.

Koronavirus tarqalishining eng yuqori cho’qqisidan o’tgan XXRni hisobga olmaganda, eng ko’p miqdordagi holatlar Italiyada qayd etilgan (27,710 kishi kasallangan, 2158 vafot etgan, 2749 kishi davolangan), Eron (14991 ta infeksiya aniqlangan, 853 vafot etgan, 1669 kishi davolangan), Ispaniya (11,178 yuqtirgan, 491 vafot etdi, 1098 tuzaldi), Janubiy Koreya (8320 kasallandi, 75 vafot etdi, 1401 tuzaldi).

Germaniya va Fransiyada 5 mingdan ortiq infeksiya, 1 mingdan 3 minggacha – AQSh, Shveysariya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Norvegiya, Avstriya, Shvetsiya va Belgiyada qayd etilgan.