“Facebook” internet ijtimoiy tarmogʻida Milliy gvardiya xodimlaridan qochgan va 2 hafta oʻtgach jasadi topilgan fuqaro haqida xabar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi ushbu hodisa yuzasidan surishtiruv oʻtkazilayotganini maʼlum qildi.

Foto: Bosh prokuratura axborot xizmati

Xabarda yozilishicha, “Facebook” internet ijtimoiy tarmogʻida joriy yilning 14 fevral kuni Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Sharshara koʻchasida Milliy gvardiya xodimlari bir nafar huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimi deb taxmin qilinayotgan shaxsning ortidan quvganligi, soʻng u oʻzini Boʻrijar kanaliga tashlaganligi va oradan 2 hafta oʻtgach ushbu kanaldan uning murdasi topilganligi haqidagi xabar tarqalgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.