2020 yilning 16 mart kunidan O‘zbekiston Respublikasidagi barcha ta’lim muassasalarida ta’til e’lon qilingach, talabalar ham o‘z uylariga oshiqdi. Yo‘lovchi oqimining ko‘payishi bilan ayrim shaxslar tomonidan viloyatlararo qatnovchi shaxsiy transport vositalarida yo‘lkiraning bir necha barobar oshib ketishi kuzatildi. Bu esa xalqimizning haqli e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Samarqand viloyat hokimligi ana shunday vaziyatda Toshkent shahrida tahsil olayotgan talaba-yoshlar hamda Toshkent shahrida bo‘lib turgan samarqandliklarni viloyatga qaytarish uchun maxsus reyslar tashkil etilmoqda.

2020 yil 18 mart kuni soat 9.00 va 10.00 da Toshkent avtoboshbekatidan Samarqand shahriga homiylar ko‘magida bepul avtobuslar yo‘lga chiqadi.

Hurmatli samarqandliklar! 18 mart sanasida Toshkent avtoboshbekatiga kelib ko‘rsatilgan vaqtlarda yo‘lga chiquvchi avtobuslardan foydalaning, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati.