Qarorga ko‘ra, noshirlik va matbaa korxonalari, shu jumladan davlat buyurtmasini bajaruvchi korxonalar narxni bozor mexanizmlari asosida erkin shakllantiradi. “Huquqiy axborot” bu haqida yozmoqda.

Foto: Uzreport

2020 yil 1 sentabrdan boshlab davlat buyurtmasi asosida bosma mahsulotlarni nashrga tayyorlash va chop etish davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Mazkur tartib korporativ buyurtmachilar uchun ham majburiy hisoblanadi.

Tadbirkorlar noshirlik va matbaa faoliyatini yuritishni boshlaganligi haqida vakolatli davlat organini avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali xabardor etadi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra nashriyot va matbaa sohasidagi qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablari qayta ko‘rib chiqiladi.

Zamon talablariga javob bermaydigan norma va normativlar, jumladan, ijodiy ishlarni nashrga tayyorlash va chop etish uchun Yozuvchilar uyushmasining xulosasini olish amaliyoti bekor qilinadi.

Sohadagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqiladi.