“O‘zbekneftegaz” AJ AKT departamenti mutaxassislari “Microsoft” mijozlarini dasturlash va MDHni rivojlantirish bo‘yicha menejeri Asya Dallakyan va “Microsoft Cloud Sales” vakili Dmitriy Yemelyanov bilan uchrashdilar, deyiladi “O‘zbekneftgaz” AJ matbuoat xizmati xabarida.

uzbek neft gaz
Foto: “O‘zbekneftgaz” AJ matbuoat xizmati

Uchrashuv davomida “O‘zbekneftegaz” AJ ehtiyojlari uchun “Microsoft” dasturiy mahsulotlarining keng doirada qo‘llash mumkinligi muhokama qilindi.

Neft va gaz sohasidagi korxonalar uchun moslashuvchan ma’lumotlar tahlili – Microsoft Dynamics 365 tizimi bilan bulutli axborot makonining faoliyati ko‘rib chiqildi.

Foto: “O‘zbekneftgaz” AJ matbuoat xizmati

“O‘zbekneftegaz” AJ uchun bunday texnologiyani joriy qilish biznes jarayonlarning moslashuvchan va muvaffaqiyatli raqamli transformasiyasining kaliti bo‘lishi mumkin, bu esa o‘z navbatida qazib olish va qayta ishlash jarayonlari, logistika, rejalashtirish va qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha xarajatlarni kamayishini xamda milliy neft va gaz sanoatining barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi, deyiladi qo’shimcha qilib.