Ushbu lavozimda uzoq yillar davomida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ijroiya qo‘mitasida turli vazifalarda ishlab kelgan Ro‘zitoyev Akmal A’zam o‘g‘li ish boshladi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Akmal Ro‘zitoyev

Akmal Ro‘zitoyev 1984 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2005 yilda Toshkent irrigasiya institutini, 2008 yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Sal avval Durdona Rahimova Toshkent shahar hokimi o’rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgan edi.