Koronavirus kasalligi keng tarqalayotgani tufayli “Yevro-2020” musobaqasi 2021 yilga qoldirildi. Bu haqda As nashri xabar bermoqda.

UEFA YEVRO 2020
Foto: UEFA

Ushbu ma’lumotni Norvegiya futbol federatsiyasi ham tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Angliya, Italiya, Ispaniya, Germaniya va yana bir qator chempionatlar qoldirilgan edi.

Eslatib o’tamiz, ayni vaqtda dunyo bo’ylab koronavirus bilan kasallanish holatlari soni 134 mamlakatda 181,067 kishida qayd etilgan. Ulardan 4,02% – 7275 kishi vafot etgan.

Koronavirus tarqalishining eng yuqori cho’qqisidan o’tgan XXRni hisobga olmaganda, eng ko’p miqdordagi holatlar Italiyada qayd etilgan (27,710 kishi kasallangan, 2158 vafot etgan, 2749 kishi davolangan), Eron (14991 ta infeksiya aniqlangan, 853 vafot etgan, 1669 kishi davolangan), Ispaniya (11,178 yuqtirgan, 491 vafot etdi, 1098 tuzaldi), Janubiy Koreya (8320 kasallandi, 75 vafot etdi, 1401 tuzaldi).

Germaniya va Fransiyada 5 mingdan ortiq infeksiya, 1 mingdan 3 minggacha – AQSh, Shveysariya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Norvegiya, Avstriya, Shvetsiya va Belgiyada qayd etilgan.