Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Durdona Rahimova

Bugungi kunga qadar Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar Kengashi raisi vazifasida ishlab kelgan Durdona Rahimova ushbu lavozimda faoliyatini davom ettiradi.

Durdona Rahimova mehnat faoliyatini 2012 yilda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Jizzax viloyati Kengashi iqtidorli yoshlar va yosh olimlar bilan ishlash bo‘limi mudiri sifatida boshlagan ham o‘tgan yillar davomida ushbu tashkilotda mas’ul vazifalarda ishlagan.