Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Sharqiy Berdaq” gazkondensat konidagi 64-sonli quduqda burg‘ulash ishlari tugatildi. Ushbu quduq Mo‘ynoqdagi “Uchsoy” tabiiy ko‘li qirg‘og‘ida joylashgan. “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati bu haqida xabar bermoqda.

gaz quduq
Foto: Google

Ushbu quduqning 2050-2056m, 2234-2237m intervallar oralig‘ida perforatsiya qilindi. Natijada yerning yura qatlamlaridan kunlik 100 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi.

Ma’lumot uchun: “Sharqiy Berdaq” gazkondensat konining quduqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanidagi “Uchsoy” tabiiy ko‘li atrofida joylashgan bo‘lib, 2002 yilda ishga tushirilgan.