Xitoy hukumati yangi turdagi koronavirus keltirib chiqaradigan kasallik uchun birinchi vaktsinani klinik sinovlar boshlanishiga ruxsat berdi. Bu haqida “TASS” yozadi.

Foto: Google

Bu haqda seshanba kuni Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

“Kecha mahalliy vaqt bilan soat 20: 18da (Toshkent vaqti bilan 17:18) akademik Chen Vey boshchiligidagi bir guruh tadqiqotchilar klinik sinovlarni boshlashga ruxsat oldilar”, – deyiladi televideniy orqali.

Eslatib o’tamiz, ayni vaqtda dunyo bo’ylab koronavirus bilan kasallanish holatlari soni 134 mamlakatda 181,067 kishida qayd etilgan. Ulardan 4,02% – 7275 kishi vafot etgan.

Koronavirus tarqalishining eng yuqori cho’qqisidan o’tgan XXRni hisobga olmaganda, eng ko’p miqdordagi holatlar Italiyada qayd etilgan (27,710 kishi kasallangan, 2158 vafot etgan, 2749 kishi davolangan), Eron (14991 ta infeksiya aniqlangan, 853 vafot etgan, 1669 kishi davolangan), Ispaniya (11,178 yuqtirgan, 491 vafot etdi, 1098 tuzaldi), Janubiy Koreya (8320 kasallandi, 75 vafot etdi, 1401 tuzaldi).

Germaniya va Fransiyada 5 mingdan ortiq infeksiya, 1 mingdan 3 minggacha – AQSh, Shveysariya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Norvegiya, Avstriya, Shvetsiya va Belgiyada qayd etilgan.