Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020-yil 20-mart kuni HY097/098 — Toshkent – Namangan – Toshkent qatnovlarining bekor qilinishini e’lon qiladi.

uzbekistan airways samolyot
Foto: Google

Ushbu qatnovlarning yo’lovchilariga o’z chiptalari bilan 2020-yil 20-martda quyidagi qatnovlar bilan uchib borish taklif etiladi:

HY083/084 — Toshkent – Farg’ona – Toshkent.

HY083 qatnovi — Toshkentdan 16:00 da uchish, 16:50 da kelish.

HY084 qatnovi — Farg’onadan 17:30 da uchish, 18:20 da kelish.

Batafsil ma’lumotni aviakompaniyaning Yagona aloqa markazida +998781400200 raqami orqali olish mumkin.