Dunyoda yangi koronavirus bilan yuqtirish holatlari soni 180 mingdan oshdi, buni “TASS” muxbirlari ushbu kasallik qayd etilgan davlatlar rasmiylari va mutaxassislarining rasmiy bayonotlari asosida to’plashdi.

Foto: Google

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, 134 mamlakatda 181,067 kishida kasallik qayd etilgan. Ulardan 4,02% – 7275 kishi vafot etgan.

Koronavirus tarqalishining eng yuqori cho’qqisidan o’tgan XXRni hisobga olmaganda, eng ko’p miqdordagi holatlar Italiyada qayd etilgan (27,710 kishi kasallangan, 2158 vafot etgan, 2749 kishi davolangan), Eron (14991 ta infeksiya aniqlangan, 853 vafot etgan, 1669 kishi davolangan), Ispaniya (11,178 yuqtirgan, 491 vafot etdi, 1098 tuzaldi), Janubiy Koreya (8320 kasallandi, 75 vafot etdi, 1401 tuzaldi).

Germaniya va Fransiyada 5 mingdan ortiq infeksiya, 1 mingdan 3 minggacha – AQSh, Shveysariya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Norvegiya, Avstriya, Shvetsiya va Belgiyada qayd etilgan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so’raymiz.