Ma’lumki, o‘simlik moyi asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda uyushma tarkibidagi korxonalarda 21 ming tonnadan ortiqroq o‘simlik moyi qoldig‘i mavjud, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davridagidan bir necha barobarga ko‘p. Bu haqida “O’ZYOGMOYSANOAT” uyushmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “O’ZYOGMOYSANOAT” uyushmasi axborot xizmati

Shuningdek, korxonalarimiz tomonidan kuniga o‘rta hisobda 1,5 ming tonna o‘simlik moyi ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, savdo shahobchalarida va tadbirkorlik sub’ektlarida ham katta hajmdagi yog‘-moy mahsulotlari qoldig‘i mavjud.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan raqamlar sarhisobi shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda joriy yilda o‘simlik moyi va boshqa turdagi yog‘-moy mahsulotlari tanqisligi vujudga kelmaydi. Aksincha ichki bozorda to‘kinlikning bardavomligi va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanadi, iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari yanada kengaytiriladi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, qo‘rquv – odamdagi eng kuchli tuyg‘u. Biz uning ko‘rinishlarini turlicha nomlaymiz – hamdik, xavotir, hayojon, bezovtalik, g‘ashlik, sarosima, vahima, talvasa – bular qo‘rquvning qiyofalaridir.