Tashqi ishlar vazirligi TIV
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Turkmanistonning Toshkent shahridagi Elchixonasi O‘zbekiston tomoniga rasman ma’lum qilishicha, COVID – 19 koronavirusining kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, barcha mamlakatlar fuqarolari 2020-yil 16-martdan boshlab O‘zbekiston-Turkmaniston davlat chegarasini faqat “Olat – Farap avtoyo‘li” nazorat-o‘tkazish punkti orqali o‘tkaziladi, bunda yangi turdagi koronavirus yo‘qligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma talab etiladi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Turkmanistonga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan fuqarolarga Turkmaniston tomonining ushbu qarorini e’tiborga olishni tavsiya qiladi, deyiladi vazirlik xabarida.