O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 yanvardagi PQ-4563 – sonli «2020 – 2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan “Muborak gazni qayta ishlash zavodida suyultirilgan gaz olish qurilmasining 4 – nitkasini qurish” bo‘yicha qiymati 58 mln.dollarlik investisiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

uzbek neft gaz
Foto: “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Loyiha doirasida yiliga 3 mlrd. kub.m gazni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan suyultirilgan gaz olish qurilmasining yangi 4-tarmog‘ini qurish orqali qo‘shimcha yiliga 38,0 ming tonnagacha propan-butan aralashmasi ishlab chiqarilib, ichki bozorda suyultirilgan gazga oshib borayotgan talabni qondirishga qaratiladi.

Foto: “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuoat xizmati

Ushbu loyiha doirasida siquv kompressor stansiyasi, gazni seolitli quritish qurilmasi, suyultirilgan gazni qabul qilish, saqlash va iste’molchilarga yuklash uchun qo‘shimcha sig‘imlar, propan butan aralashmasini olish qurilmalari va boshqa texnologik uskunalarni qurish ko‘zda tutilgan.

Loyihani amalga oshirish uchun Ukrainaning “Sumsk NPO” va “Turbogaz” zavodlari, Rossiyaning “KMPO Motorcorp. L.P.” va “Chelyabinskiy TPZ” zavodlari, Germaniyaning “Linde AG” va boshqa zavodlarda ishlab chiqarilayotgan uskunalarni xarid qilish ko‘zda tutilgan.