2020 yilning 17 mart kuni soat 14:15 Navoiy viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Navoiy shahri I.Karimovdagi Makro savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan. Yuzaga kelgan hodisa oqibatida majmuaning tashqi va bufet qismi 150 kv.m maydoni yongan. Bu haqida FVV xabar bermoqda.

Foto: Google

Mazkur xabar yuzasidan voqea joyiga boshqarmaning 7 ta yong‘in o‘chirish ekipaji yetib bogan. Yong‘in-qutqaruv guruhining olib borgan tezkor harakatlari natijasida yong‘in soat 14:35 da to‘liq bartaraf etilgan. Shuningdek, 2130 kv.m. maydoni alangandan saqlab qolingan. Yong‘inda halok bo‘lgan va jabrlanganlar qayd etilmagan.

Holatning kelib chiqish sabablari va zarari aniqlanmoqda.