Sog’liqni saqlash vaziri Eljan Birtanov Nur-Sultonda koronavirus infektsiyasining 14 ta yangi holati haqida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Tengrinews.kz” muxbiri .

Foto: RIA novosti

“Biz Nur-Sulton shahrida ro’yxatga olingan 14 ta yangi bemor haqida xabar bermoqdamiz. Bemorlar karantindan o’tkazildi, tashxis tasdiqlandi. Barcha aloqalar aniqlandi, ular karantinadan o’tkazildi va izolyatsiya qilindi”, dedi Sog’liqni saqlash vaziri.

Bugungi kunga qadar Qozog’istonda 27 ta koronavirus holati tasdiqlangan.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Qozog’istonda 2 yoshli qizcha koronavirus infeksiyasi bilan og’riganligi haqida xabar berilgan edi.