Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi tashabbusi bilan qashqadaryolik talaba yoshlarni olib kelish chorasi ko‘riladi. Bu ish mutlaqo bepul amalga oshiriladi.

Foto: Mintrans

Buning uchun 18 mart kuni soat 10:00 ga qadar Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasiga yetib kelishingiz so‘raladi. Shu joyning o‘zida Qashqadaryoga qaytish uchun transport vositalari qatnovi tashkil etiladi.

Murojaat uchun telefon: +998973507788;
Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Ernazarov.