Yangi turdagi COVID – 19 koronavirus haqidagi yangiliklardan so‘ng, dorixonalarida tibbiyot niqoblariga bo‘lgan taqchillik yuzaga keldi. Ko‘chalarda odamlarning aksariyati niqobda.

Oddiy tibbiy niqob

Bosh vazir tibbiy niqoblar va tibbiyot kombinezonlarini ishlab chiqarish hajmi oshirilgani, mamlakatda yetarli darajada zaxira shakllantirilganini ta’kidlagan bo‘lsa-da, ayrim dorixonalarda tibbiyot niqoblari sotuvda qolmagan. Turli soha mutaxassislari OAV orqali chiqish qilib, virusdan himoyalanish uchun niqoblardan foydalanishni tavsiya qilmoqda. Aslida ham shundaymi? Dorixonaga yugurish kerakmi? “Meduza” shu turdagi savollarga javob berdi.

To‘xtang, ushbu fikrlar aslida ilmiy asosga ega emas. Shu sabab tibbiyot niqoblari foyda berishi dargumon.

Qisqa qilib aytganda, yirik tibbiyot tashkilotlari kasal bo‘lmagan va shifoxona yoki poliklinikada ishlamaydigan odamlarga niqob taqishni tavsiya qila olmaydi, chunki niqoblarning himoya xususiyati isbotlanmagan hamda nazariy jihatdan niqoblar u qadar foydali ham emas. Tibbiyot niqoblarining ko‘plab kamchiliklari mavjud:

  • Niqoblar ko‘zni yopmaydi. Tabiiyki viruslar uchun tarqalishning eng yaxshi yo‘llaridan biri ochiq qoladi;
  • Niqoblar og‘iz va burunga to‘liq yopishib turmaydi. Shu sababli virusning og‘iz yoki burun orqali yuqtish ehtimolligi saqlanib qoladi;
  • Niqoblardagi teshiklar juda katta bo‘lgani sabab mayda tomichlar u orqali bemalol o‘ta oladi. Biroq yirik tomchilar, masalan, odam aksa urganda niqob ma’lum muddatga uni ushlab qoladi;
  • Niqoblarni to‘g‘ri taqish juda noqulay, shu sabab uning foydasi juda kam.

U holda nega hamma niqoblar haqida gapirmoqda? O‘zi nega kerak niqob?

Niqoblarni yo‘tal yoki aksa urishi orqali virus yoki bakteriyalarni boshqalarga tarqatishi mumkin bo‘lgan bemorlarga taqish tavsiya etiladi. Shuningdek, niqoblarni jarrohlar ham taqishiga odatga aylangan, ammo bu operatsiya qilinayotgan jarohatning infeksiyadan himoya qilishni kafolatlaydigan ma’lumotlar yo‘q. Shuga qaramay, niqoblar shifokorni bemordan sachraydigan biologik suyuqlikdan himoya qila oladi.

U holda virusdan himoyalanish uchun nima qilish kerak?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ko‘plab viruslardan himoyalanishning oddiy va universal usullarini tavsiya qiladi:

  • Qo‘llarni to‘g‘ri va muntazam yuvish: kamida 20 soniya davomida sovun bilan va kaftning barcha joylarini yaxshilab yuvish, shundan so‘ng, qo‘lni yaxshilab artish;
  • Kir qo‘llar bilan yuzga, ayniqsa, burun, og‘iz va ko‘zga teginish kerak emas;
  • Yo‘talayotgan, aksa urayotgan, shuningdek, yuqori tana harorati mavjud insonga yaqinlashmaslik lozim;
  • To‘g‘ri yo‘talish va aksa urish tasvirlangan plakatlarni ish yoki uyga ilib qo‘yish kerak;
  • Go‘sht va tuxum mahsulotlarini yetarli daraja haroratda pishirib, iste’mol qilish tavsiya etiladi.