Kecha general-mayor Jo‘rayev Rustam Mirzayevich O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi qo‘mondoni lavozimiga tayinlangani xabar qilingan edi.

Foto: Zed News

Ma’lum bo‘lishicha, bunga qadar Milliy gvardiya qo‘mondoni bo‘lgan general-polkovnik Bahodir Toshmatov boshqa lavozimga tayinlangan.

Shuningdek, Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari general-mayor Botir Tursunov ham boshqa lavozimga o‘tkazilgan.

Sobiq rahbarlarning aynan qanday lavozimni egallaganliklari haqida hozircha aniq ma’lumot berilmagan.