Ijtimoiy tarmoqlarda «Bugun 23:00 va tonggi 5:00 gacha vertolyotlar dezinfeksiya uchun dori sepadi. Deraza va balkonlar yopiq bo‘lishi lozim va 23:00dan so‘ng ko‘chalarda yurish mumkin emas. Harbiy qismdan xabar berishdi», degan xabar tarqamoqda. Bu ma’lumot yolg‘on va haqiqatga to‘gri kelmaydi.

Foto: THE BFD

Vahima tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjudligi haqida bilasizmi?

Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln. 900 ming so‘mdan 89 mln. 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yuqoridagi harakatlar:

  • oldindan til biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan;
  • xizmat mavqeidan foydalanib;
  • diniy tashkilotlardan, shuningdek chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan olingan moliyaviy yoki boshqa moddiy yordamdan foydalanib;
  • ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikasiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.