Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tegishli vazirlik idoralar bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni doimiy yashash joylariga kuzatish ishlari davom etmoqda.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Ayni vaqtga qadar 30 ming nafarga yaqin talaba markazlashtirilgan tartibda Toshkent shahridan o‘zlari yashaydigan viloyatlarga jo‘nab ketdi.

Qayd etish lozim,oldinroq barcha oliy ta’lim muassasalari (OTM), akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida 2020 yil 16 martdan e’tiboran o‘qish to‘xtatilib, o‘quvchi-talabalar ikki hafta muddatga (hozircha) ta’tilga chiqarilishi haqida xabar berilgandi.

Toshkent shahrida tahsil olayotgan o‘quvchi-talabalar avtobus, poyezd va samolyotlarda doimiy yashash joylariga qaytishi uchun quyidagi manzillarda imtiyozli chiptalar sotilishi yo‘lga qo‘yilgan:

– O‘zMU, vazirlik huzuridagi «Ma’naviyat va ma’rifat» Markazi, TDTU (TTJ), O‘zDJTU, TTA (TTJ va o‘quv binosi), TIQXMMI (TTJ), TDPU (TTJ).

Talabalarni jo‘natish ishlari davom etmoqda.