Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasini aniqlagan uch kishi orasida ikki yoshli qiz ham bor. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligining rasmiy vakili Dias Ahmetsharip ma’lum qildi, deya xabar beradi “Tengrinews.kz” muxbiri.

Foto: Zakon KZ

Birinchi holat – 2018 yilda tug’ilgan qiz. U 13 mart kuni Berlin – Minsk – Olmaota reysi bilan parvoz qilgan. U Olmaotadagi bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Ikkinchi holat – 1966 yilda tug’ilgan erkak. Olmaotaga Moskvadan 10 mart kuni etib kelgan.

Uchinchi holat – 1956 yilda tug’ilgan erkak ham Moskvadan uchib kelgan.

Bugungi kunda  mamlakatda koronavirusni ro’yxatga olishning 13 ta holati , shu jumladan Olmaotada 11 ta va Nur-Sultonda 2 ta holatlar qayd etilgan.

Eslatib o’tamiz, Qozog’istonda koronavirusning tarqalishi tufayli Prezident bir oy davomida favqulodda holat e’lon qildi.