“Taxtlar o’yini” teleserialidagi Tormund roli bilan yaxshi tanilgan norvegiyalik aktyor Kristofer Xivyu koronavirus testining ijobiy natijalari haqida xabar berdi.

Foto: Google

“Norvegiyadan salomlar! Sizga bugun menda COVID – 19 koronavirusi topilganligi haqida xabar berishdan afsusdaman. Men va mening oilam kerak bo’lganda uyda bo’lamiz”, deb yozdi aktyor Instagram’da.

“Bizda ahvol yaxshi, menda sovuqning ozgina alomatlari bor”, deya qo’shimcha qildi u.

Avvalroq, koronavirus uchun tahlilning ijobiy natijalari aktyorlar Tom Xenks, uning rafiqasi Rita Uilson tomonidan bildirilgan edi.