Koronavirus boshlanib, aniqlangan Uxan shahrida suratga olingan barcha foto va videolarda epidemiyaning birinchi kunlaridanoq odamlar ommaviy tartibda himoya niqoblarida yurganini koʻrgan edik. Bu haqida “Sputnik” yozmoqda.

tibbiy niqob maska
Foto: RIA novosti

Tibbiy niqoblar

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tibbiyot maskalari taqishni maslahat beradi, chunki ular havo orqali viruslar tarqalishini cheklashi mumkin. Eʼtibor bering faqat “cheklashi mumkin”  deyilgan, “toʻliq himoya qiladi”- deyilmagan. Shaxsiy havo tozlash vositasini tanlaganda ularning turi va klassiga eʼtibor berish kerak. 

Oddiy tibbiy niqoblar

Tibbiyot mutaxassilari aytishiga qarganda eng oddiy toʻrtburchak tibbiyot maskalarining himoya darajasi unchalik katta emas.

– Maska har bir virusni ushlab qola olmaydi, lekin yuzga taqilgan  maska mayda suv, soʻlak va  changdan himoya qilish mumkin. Aslida viruslar ham havoda alohoda uchib yura olmaydi, aksariyat hollarda ular soʻlak yoki chang bilan birga “sayohat qiladi”, – deydi virusolog Aleksandr Lukashev.

Eng oddiy toʻrtburchak maskalarning kamchillik tomoni shunda-ki – ular odam yuziga yaxshi yopishib turmaydi, boʻshliqlar koʻp boʻladi. Ikkinchidan ularning himoya qilish muddati juda qisqa – 2 soat. Shu muddatdan soʻng ularni yechish kerak.

Anatomik himoya maskalari – ular inson yuzi profilishi takrorlash xususiyatiga ega boʻlib, jagʻ va burun shaklini toʻliq takrorlaydi va ochiq hududlar qoldirmaydi. Shuningdek anatomik himoya maskalari koʻproq vaqt davomida foydalanish mumkin. Anatomik maskalar oddiy maskaga nisbatan 20-30 % samaraliroq hisoblanadi.

Respiratorlar

Respiratorlar – bir necha qavatli qalin va maxsus materiallardan ishlab chiqariladi. Ehtiyoj boʻlmaganda ularni taqish tavsiya etilmaydi, chunki ular respirator orqali nafas olish oson emas, kishining yuzi terlashi, baʼzan havo yetishmasligini his qilish mumkin. Koʻnikish talab qilinadi.

Respiratorlar

Respiratorlardan, odatda, qurilish sohasida chang, tsement, steklovata, kraska va turli gazlardan himoya maqsadida foydalaniladi. Respitartorlar xalqaro standart boʻyicha 3 guruhga boʻlinadi. Shuningdek respiratorlar klapanli va klapansiz boʻladi.

FFP1 (yoki N95) – 80 % himoya 

Bu yirik chang va tsement va boshqa jismlardan himoya qilishga qodir. FFP1 guruhi – havo ifloslanish darajasi 4 PDK (GOST – predelno dopustimaya kontsentratsiya) gacha boʻlgan ifloslanish darajasidan himoya qilishga qodir. Havoni tozalash samaralilik darajasi – 80 %ni tashkil qiladi.

FFP2 guruh – 94 % himoya

FFP2 guruhi – kichik chang zarrachalari, kichik aerozol tomchilari, koʻmir changi, elektrosvarka zararli moddalarini ushlab qoladi. Rossiya GOSTi boʻyicha 12 PDKgacha boʻlgan ifloslanish darajasidan himoya qilishga qodir. Havoni umumiy tozalash samaraliligi– 94 %ni tashkil qiladi.

Respirator klassa FFP2

FFP3 guruhi – 99 % himoya  

Ushbu guruh respiratorari toksik chang, asbest, radioaktiv chang, bakteriya va viruslar hamda mogʻor urugʻlarini ushlab qolishga qodir. Rossiya GOSTi boʻyicha 30 PDKgacha boʻlgan ifloslanishidan himoya qilishga qodir. Havoni umumiy tozalash samaraliligi– 99 %ni tashkil qiladi.

Necha soat taqish mumkin?

Havo iflosligi va foydalanish sharoitiga qarab maskalardan 2 soatdan 8 soatgacha foydalanish mumkin. Eng oddiy maskalar har 2 soatda almashtirilishi kerak.

Respirator klassa FFP3

Klapanli maskalar foydalanish davomiyligini uzaytiradi, chunki klapan odam ichidan chiqayotgan nam havoni tez tashqariga chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Buning natijasida  maska uzoq vaqt quruq turadi va havoni filtrlash xususiyati yuqori darajada saqlanib qoladi.

Koʻpchillik nam doka changni yaxshi ushlab qolishini biladi, lekin maska xususida bunday qoida amal qilmaydi. Chunki maskalar chang zarrachalarini mexanik uslubda (toʻr sifatida) emas balkim elektrostatik uslubida ushlab qoladi. Yaʼni chang zarrachalari maxsus membranaga yopishib qoladi. Membrana namlanishi esa uning samaradorligini kamaytiradi.

Niqobdan qachon va qayerda foydalanish kerak?

Ochiq havoda, atrofda odam kam boʻlsa maskadan foydanish shart emas, virusning oʻzi bunday vaziyatda tez qurbon boʻladi. Bunday vaziyatda maska nafas olishni qiyinlashtiradi xolos.

Xona ichida va yaqin 1-2 metr masofada gripp va boshqa yuqumli kasalliklar bilan kasallangan, yoʻtalayotgan  odamlar bor joyda maskadan foydalanish kerak.

Ha aytmoqchi, bunday respiratorlar aptekada emas, qurilish mollari doʻkonlarida sotiladi!