Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi masjidlarda juma namozining vaqtincha to‘xtatilishi haqida fatvo chiqardi, deb yozadi “zakon.kz“.

Foto: Muslim KZ

Favqulodda holat e’lon qilinishi munosabati bilan, shuningdek, kasallik tarqalishi xavfi yuqori bo’lganligi sababli juma namozlari masjidlarda vaqtincha to’xtatiladi, deyiladi xabarda.

Masjidlar yopilmasligi aniqlandi, besh mahal azon aytiladi. Ammo besh vaqt namoz o’qimaydilar, deyiladi xabarda.

Shuningdek, agar iloji bo’lsa, barcha musulmonlarni rejalashtirilgan tadbirlar va bayramlarni qisqartirish yoki qayta tayinlashga chaqirilgan.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Qozog’istonda koronavirus infeksiyasi bilan og’rigan bemorlar soni 10 nafarni tashkil etmoqda.