Amerikalik olimlar tomonidan olib borilgan yangi izlanishlarga ko’ra, yangi SARS-CoV2 koronavirusining Xitoyda tez tarqalishining asosiy sababi uzoq vaqt davomida aniqlanmagan yengil alomatlar bo’lgan, bemorlarning ko’pligi esa virusning yuqori yuqumli bo’lishiiga sabab bo’lgan. Ushbu tadqiqot natijalari “Science” jurnalida e’lon qilingan.

Foto: Google

Xitoyda ro’yxatga olingan COVID – 19 holatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni odamlar harakatiga oid ma’lumotlarni birlashtirgan matematik modellashtirish natijalari, 2020 yil 23 yanvarda Uxan shahriga kirishga cheklovlar kiritilgunga qadar, mamlakatda kasallanishning 86 foizi hujjatlashtirilmaganligini ko’rsatdi, bu esa o’z navbatida SARS-CoV2 virusining tez geografik tarqalishiga olib keldi.

Tadqiqot mualliflarining fikriga ko’ra, ushbu topilmalar yangi koronavirusning tarqalishi va yuqumli ekanligini tushunish uchun juda muhim bo’lgan. Ma’lum bo’lishicha, hujjatsiz infeksiyalar, o’ylagandan ko’ra aholining katta qismiga ta’sir qilgan.

Olimlarning fikriga ko’ra, asemptomatik bemorlardan yuqish tezligi kasallikning aniq belgilari bo’lgan bemorlarning yuqumli tabiati bilan solishtirganda farqlar 55 foizni tashkil etadi, infeksiyaning 79 ta manbasida kasallik o’zini namoyon qilmagan va virusning tashuvchisi bo’lgan bo’lishi mumkin.

Natijalar shuni ko’rsatadiki, 2020 yil 23 yanvardan keyin hukumat harakatni boshqarish va aholining xabardorligini oshirish choralarini ko’rgandan so’ng, virus tarqalishi sezilarli darajada sekinlashdi.

Olimlar COVID – 19 virusi SARS-CoV2 virusining tez tarqalishining asosiy sababi sifatida aniq simptomlarsiz virus tashuvchilar tomonidan “yashirin” tarzda yuqtirilganligini ko’rsatadigan natijalarni hisobga olishni iltimos qilishgan.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtdan dunyo bo’ylab koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari 174 mingdan oshdi, 77 234 kishi davolandi.