Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Shimoliy Berdaq» gazkondensat konidagi 81 sonli quduqda burg‘ulash ishlari tugatildi.

gaz quduq
Foto: Google

Ushbu quduqning 2613-2598m, 2380-2376m, 2340-2332m intervallar oralig‘ida perforatsiya qilindi. Natijada quduqdan kunlik 70 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi.

Ma’lumot uchun: «Shimoliy Berdaq» gazkondensat koni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan bo‘lib, 2006 yilda ishga tushirilgan.