Qozog‘istonda Covid – 19 koronavirusini yuqtirganlar soni 10 taga yetdi, deb xabar qilmoqda “Sputnik” Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy vakili Dias Ahmetsharip so’zlariga tayanib. 

Foto: RIA novosti

U 1986 yilda tug’ilgan, bir kun oldin Olmaotaga Istanbuldan kelgan qozog’istonlik ayol deyiladi xabarda.

Shunday qilib, sakkizta bemor Olmaotada, ikkitasi Nur-Sultonda.

Ma’lumot uchun, statsionar karantinda – 1641 kishi, uy karantinida – 981 kishi.

Koronavirus bilan kasallanganlar orasida Germaniyadan Olmaotaga kelgan 2008 yilda tug’ilgan 12 yoshli qiz ham bor.