Oʻzbekistonlik bokschilar ishtirokidagi jang oqshomi bekor qilindi. Avval maʼlum qilinganidek, 28 mart kuni ikki nafar oʻzbekistonlik bokschi Qozogʻistonda ringga koʻtarilishi kerak edi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Ammo, yuzaga kelgan koronavirus sababli Almati shahrida MTK Global tomonidan tashkil etiladigan jang oqshomi bekor qilindi. Bu haqida “Olamsport” nashri xabar bermoqda.

Eslatib oʻtamiz, oʻsha kuni oʻzbekistonlik bokschilar Fazliddin Gʻoyibnazarov va Xurshid Tojiboyevlar ringga koʻtarilishi lozim edi. Ushbu jang oqshomi bekor qilinganini Xurshid Tojiboyev ham tasdiqlagan.