Foto: Uzbekistan airways

2020-yil 16-mart kuni Riga – Toshkent yo’nalishi bo’yicha bo’lgan HY104 qatnovi Namangan shahriga keladi. Ushbu qatnov bilan kelgan barcha yo’lovchilar Namangan shahrida karantinga yuboriladi.

Yo’lovchilarning vaqtincha joylashtirish punktida turishi masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligining bosh qarorgohiga 71 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qiling.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq ““Uzbekistan Airways” xalqaro yo’nalishlar bo’yicha barcha qatnovlarning bekor qilinishi haqida xabar berilgan edi.