Mamlakatimizning AQShdagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, koronavirusning O‘zbekiston hududiga kirib kelishidan saqlanish maqsadida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 2020 yil 16 martdan boshlab “Toshkent – Nyu-York – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni vaqtincha to‘xtatdi.

Tashqi ishlar vazirligi TIV
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Elchixona mazkur davrda AQShdan O‘zbekistonga borishni rejalashtirgan fuqarolarga o‘z safarlarini keyinroqqa qoldirishni va aviachiptalarni qaytadan bronlashni tavsiya qiladi. Aviabiletlarni qaytarishda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan reyslarni bekor qilish davrida jarimalar olinmaydi.

Bunda O‘zbekiston fuqarolari o‘z vatanlariga qaytganlaridan keyin 14 kunlik karantinga olinadilar.

AQShda koronavirus tarqalishi borasidagi vaziyatning keskinlashishi va mamlakatda favqulodda holat e’lon qilinishi munosabati bilan, O‘zbekiston fuqarolariga favqulodda zarurat bo’lmasa AQShga borish tavsiya etilmaydi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekistonning Vashington shahridagi Elchixonasi va Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasiga tashrif buyuruvchilar orasida koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida konsullik-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish masofadan turib (shaxsiy murojaatsiz), shuningdek, pochta xizmati orqali yozishmalar yuborish yo’li bilan amalga oshiriladi, arizachilarning shaxsan hozir bo‘lishini talab qiladigan hujjatlar bundan mustasno (hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida ma’lumot Elchixonaning “uzbekistan.org” va Bosh konsulxonaning “www.uzbekconsulny.org” veb-saytlarida joylashtirilgan).

Shu munosabat bilan hamda diaspora tashkilotlari va vatandoshlar bilan doimiy aloqalarni o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida Elchixona va Nyu-York shahridagi Bosh konsulxona tomonidan doimiy ishlaydigan “ishonch telefonlari” ochildi va ishlamoqda.

2020 yil 15 mart holatiga ko‘ra, Elchixona akkreditatsiya qilingan mamlakatlarda O‘zbekiston fuqarolari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan holatlar qayd etilmagan.

Elchixona O‘zbekiston fuqarolaridan yuqorida keltirilgan barcha masalalar bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar orqali bog‘lanishlarini so‘raydi:

O‘zbekistonning Vashington shahridagi Elchixonasi:
Manzil: 1746 Massachusetts Avenue, N.W. Washington, D.C. 20036
Telefon: (202) 887-5300, Faks: (202) 293-6804
El.manzil: info.washington@mfa.uz
Konsullik bo‘limi:
Telefon: (202) 887-5300 (ext. 1), Faks: (202) 202-9633
El.manzil: consul.washington@mfa.uz
Telegram: @ElchixonaUZ
Faxriddin Mo‘minov, mobil telefon/telegram: (202) 251-8298).

O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxona:
Manzil: 630 3rd Avenue, 5th floor, New York, 10017
Telefon: (212) 754-7403, (212) 754-6178
El.manzil: info@uzbekconsulny.org,
Telegram kanal: https://t.me/consulNY

  1. Ulug‘bek Axmedov, mobil telefon/telegram: +1 917 539-4664;
  2. Qahramon Dalimov, mobil telefon/telegram: +1 347 217 4406;
  3. Farhod Azimov, mobil telefon/telegram: +1 347 217 4404.