Ushbu shtab kasallik tarqalishining oldini olish bilan bog‘liq shoshilinch tadbirlar bilan bir qatorda shaharda narx-navo asossiz ko‘tarilishiga chek qo‘yish bilan ham shug‘ullanadi. Bu haqida shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Namangan shahar hokimligi axborot xizmati

Bozorlar, do‘konlar, dorixonalar yoki boshqa savdo shoxobchalarida narxlar sun’iy qimmatlagani bilan bog‘liq holatlarga duch kelsangiz, darhol biz bilan bog‘laning. Bunga yo‘l qo‘ygan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘riladi, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, aholidan yana bir bor vahima va sarosimaga berilmaslikni so‘raymiz. Shaharda yetarlicha oziq-ovqat zahiralari mavjud, tashvishlanishga hojat yo‘q.

Shahar maxsus shtabi telefon raqami: (69) 227-04-90.