Foto: Tengrinews.kz

7 fevral kuni kechqurun Masanchi qishlog‘ida qozoqlar va do‘ngonlar o‘rtasida mojaro kelib chiqqandi. Mojaroga mahalliy do‘ngonlar qozog‘istonlik qariyani kaltaklashi sabab bo‘lgani aytilgan. 

Dastlabki xabarlarda Kordaydagi tartibsizliklar vaqtida mingga yaqin kishi ishtirok etgani, 8 kishi halok bo‘lib, 137 kishi jarohatlangani, ulardan 37 nafari shifoxonaga yotqizilgani, 9 kishi og‘ir ahvolda qolayotgani aytilgandi.

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 30dan ortiq uy, 15ta savdo obekti hamda 23ta avtomashinaga zarar yetkazilgan.