“Aeroflot” aviakompaniyasi 15 martdan boshlab aprel oyi oxiriga qadar Yevropaning yana 16 ta shahriga hamda Markaziy Osiyoga parvozlarni vaqtinchalik toʻxtatmoqda.

Foto: TASS

Aksariyat yoʻnalishlar boʻyicha cheklovlar aprel oyi oxiriga qadar saqlanib qoladi.

“Aeroflot” aviakompaniyasi koronavirus tufayli Toshkent, Buxoro va Samarqandga amalga oshiriladigan reyslarni bekor qilmoqda, deya xabar bermoqda “TASS”.

Xususan, bu Praga, Frankfurt, Myunxen, Saloniki, Barselona, Tsyurix, Kopengagen, Oslo, Kishinev, Vilnyus, Varshava, Tallin, Vena, Toshkent, Buxoro va Samarqandga amalga oshiriladigan reyslardir.

Shu bilan bir vaqtning oʻzida “Aeroflot” Praga, Myunxen, Tsyurix, Kopegagen, Oslo, Kishinev, Vilnyus, Varshava, Tallin va Venadan reyslarni amalga oshirishda davom etadi, deyiladi xabarda.