Eron janubidagi Xormozgan viloyatida 5,4 magnitudali zilzila yuz berdi, deb xabar beradi Tehron Geofizika instituti Eron seysmologik markazi.

Foto: Google

Zilzila mahalliy vaqti bilan 22.04 da (Toshkent vaqti bilan 3:04) sodir bo’lgan. Zilzila epitsentri Bandar Xamir shahridan 39 kilometr uzoqlikda joylashgan aniqlangan.

Zilzila markazi 16 kilometr chuqurlikda joylashgan, deyiladi xabarda.

Ayni paytda vayronagarchilik va jarohatlar haqida ma’lumot olinmadi.