Yandeks kompaniyasi dunyoda koronavirus tarqalishining onlayn xaritasini ishga tushirdi.

Foto: RIA novosti

“Koronavirus (COVID – 19) tarqalishda davom etmoqda. Ro’yxat va xaritada tasdiqlangan infeksiya, davolanish va o’lim holatlari to’g’risida ma’lumotlar mavjud”, deyiladi xarita tavsifida.

Xaritada dunyoning turli mamlakatlarida yuqumli kasalliklar soni to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.

11 mart kuni Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti yangi COVID – 19 koronavirusining tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. Dunyoda 135 mamlakatda 156 mingdan oshiq odam yuqtirgan, ularning aksariyati tuzalib ketgan, 5,6 mingdan ko’proq odam vafot etgan.