Koronavirus tashxisi qo’yilgan 91 yoshli eronlik tuzaldi. Bu haqida yakshanba kuni Bam shahridagi universitet rahbari ma’lum qildi.

koronavirus eron
Foto: RIA novosti

“Koronavirus bilan kasallangan eng keksa bemor tuzaldi”, deya “Fars” agentligi uning so’zlaridan iqtibos keltirmoqda. U 91 yoshda va bugun shahar shifoxonasidan chiqarildi”.

Abboszodaning so’zlariga ko’ra, “bemor shuningdek gipertenziya va astma bilan og’rigan”, deyiladi xabarda.

Eron sog’liqni saqlash vazirligi 19 fevral kuni mamlakatda yangi koronavirus bilan yuqtirish holatlari haqida xabar bergan. So’nggi rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, respublikada bunday holatlar soni 13 938 kishini tashkil etadi, kamida 724 o’lim qayd etilgan, deb aytilmoqda “TASS” nashri xabarida.