Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko’ra Parkent va Mahtumquli ko‘chalari kesishmasida olib borilayotgan qurilish ishlari sababli, 15 mart soat 22:00 dan 16 mart kuni soat 08:00 ga qadar Mahtumquli ko‘chasi bo‘ylab Ohangaron shoh ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l qismida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz, deyiladi xabarda.