Karantin davrida osoyishtalikni ta’minlash maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi oziq-ovqat va birlamchi iste’mol mahsulotlari narxlarini qatiy nazoratga oldi. Bu haqida qo’mitaning axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Google

Ayrim insofsiz tadbirkorlik subyektlari tomonidan narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun har bir tuman (shahar) soliq inspeksiyalari, viloyat soliq boshqarmalari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy appartida narxlarning o‘zgarishi ustidan nazorat qilish bo‘yicha maxsus ishchi guruhlari tashkil etildi.

Aniqlangan narxlarning asossiz oshirilishi holatlari haqida zudlik bilan Davlat soliq qo‘mitasi raisiga axborot beriladi. Ularning har biri bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi.

Agarda siz oziq-ovqat va birlamchi iste’mol mahsulotlari narxlarining asossiz oshirilishiga duch kelsangiz DSQning (71) 244-98-98 “ishonch telefoni” yoki qisqa 1198 raqamli Call-markazga murojaat qilishingizni so‘raymiz, deyiladi qo’mita xabarida