Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirus bilan yuqtirilgan epidemiologik vaziyat haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni e’lon qildi, deb yozadi “Zakon” nashri.

Foto: Yugra-TV

Olmaotada bir kishida koronavirus aniqlandi. Gap 2008 yilda tug’ilgan qizbola haqida ketmoqda.  U Germaniyadan uchib kelganligi aytilmoqda.

“Olmaota shahrida o’tkazilgan yana bir koronavirus testi tasdiqlandi. Bu 2008 yilda tug’ilgan qiz, u bizga Germaniyadan uchib kelgan”, dedi Qozog’iston Sog’liqni saqlash vazirligining rasmiy vakili Dias Axmetsharip.

Bugungi kunga qadar mamlakatda 9 ta koronavirus ro’yxatga olinganligi tasdiqlandi, shulardan yettitasi Olmaota shahrida, ikkitasi Nur-Sulton shahrida qayd etildi. Statsionar karantinda – 1644 kishi, uy karantinida – 628 kishi, deyiladi xabarda.